Asosiy kontentga o'tish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 28-avgust

Hujjat versiyasi: privacy-2026-08-28a

1. Umumiy qoidalar va ma'lumotlar operatori

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda — Siyosat) IjaraOl platformasi (ijaraol.uz, api.ijaraol.uz, miniapp.ijaraol.uz, mobil ilovalar va Telegram botlar) foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlari qanday yig'ilishi, ishlatilishi, saqlanishi va himoyalanishini tartibga soladi.

Ma'lumotlar operatori — «Ijarasoft» mas'uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ), O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs. Bog'lanish: privacy@ijaraol.uz.

Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni asosida ishlab chiqilgan va Foydalanish shartlari bilan birga o'qiladi.

2. Rozilik va qayta ishlash asoslari

Ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik aniq harakat orqali olinadi: ro'yxatdan o'tish formasida oldindan belgilanmagan alohida belgi (checkbox) mavjud. Belgi qo'yilmasa ro'yxatdan o'tish davom etmaydi va telefon raqamingiz serverga yuborilmaydi.

  • KIMGA — IjaraOl Operatoriga
  • NIMAGA — ism, telefon raqami va Platformadan foydalanish jarayonida hosil bo'ladigan boshqa ma'lumotlarga (3-bo'lim)
  • QAYSI MAQSADDA — akkaunt yaratish, e'lon joylash, tomonlarni bog'lash va xizmat ko'rsatish (4-bo'lim)
  • KIMGA UZATILISHI MUMKIN — ikkinchi tomonga (Ega yoki Ijarachi) va xizmat ko'rsatuvchi hamkorlarga (5 va 6-bo'limlar)
  • QANCHA MUDDATGA — 7-bo'limdagi jadvalda ko'rsatilgan muddatlarga
  • QAYTARIB OLISH — roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin (privacy@ijaraol.uz). Bu kelgusidagi qayta ishlashga taalluqli bo'ladi va odatda akkauntni o'chirishni anglatadi; qonun talab qilgan hollarda ayrim ma'lumotlar belgilangan muddat saqlanadi
  • Rozilik berilgan sana/vaqt va hujjat versiya ID'lari qayd etib boriladi
  • Barcha qayta ishlash rozilikka asoslanmaydi — ayrim hollarda asos shartnomani bajarish, qonun talabi yoki qonuniy manfaat (xavfsizlik, firibgarlikning oldini olish) bo'ladi

3. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

  • Profil: ism va familiya, telefon raqami, e-pochta, profil rasmi, yashash hududi
  • Google orqali kirilsa — ism, e-pochta, profil rasmi; Apple orqali kirilsa — Apple hisobi identifikatori, e-pochta (siz «Mening e-pochtamni yashirish» ni tanlasangiz — Apple bergan taxallus manzil), ism; Telegram orqali kirilsa — Telegram ID, foydalanuvchi nomi, ism
  • Egalar uchun qo'shimcha: yuridik shaxs bo'lsa STIR va ro'yxat ma'lumotlari; ixtiyoriy verifikatsiya uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat
  • E'lon ma'lumotlari: sarlavha, tavsif, narx, rasmlar, manzil va joylashuv
  • Bron tarixi, chat xabarlari, sharh va reytinglar, qo'llab-quvvatlashga murojaatlar
  • Obuna to'lovlari tarixi. Karta raqami va CVV kodini biz SAQLAMAYMIZ — ularni litsenziyalangan to'lov tizimlari PCI DSS standartiga muvofiq qayta ishlaydi
  • Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, qurilma va brauzer turi, ilova versiyasi, til va vaqt zonasi, qurilma identifikatori, push-bildirishnoma tokeni (mobil ilovada, siz push'ga ruxsat bergan bo'lsangiz)
  • Foydalanish ma'lumotlari: ko'rilgan sahifalar va e'lonlar, qidiruv so'rovlari, kirish vaqtlari, xato loglari
  • Joylashuv: mobil ilovada faqat siz ruxsat bersangiz (GPS); IP asosida taxminiy joylashuv (shahar darajasida)
  • Reklama atributsiyasi: UTM belgilari (ij_utm cookie, 30 kun) va Google Ads bosish identifikatori (ij_gclid cookie, 90 kun)

4. Foydalanish maqsadlari va huquqiy asos

  • Akkauntni yaratish va boshqarish — shartnomani bajarish
  • E'lonlarni chop etish, Egalar va Ijarachilarni bog'lash — shartnomani bajarish
  • Telefon raqamini SMS orqali tasdiqlash — shartnomani bajarish
  • Tranzaksion bildirishnomalar (bron holati, xavfsizlik) — shartnomani bajarish
  • Firibgarlik va xavfsizlik buzilishining oldini olish — qonuniy manfaat
  • Texnik xatolarni aniqlash va tuzatish, xizmat sifatini o'lchash — qonuniy manfaat
  • E'lonni IjaraOl Telegram kanalida e'lon qilish — Foydalanish shartlarining kontent litsenziyasi bandi
  • Marketing xabarlari (push, e-pochta, SMS) — alohida rozilik
  • Sayt analitikasi (cookie orqali) — xizmatni yaxshilash bo'yicha qonuniy manfaat; banner joriy qilingunga qadar boshqarish brauzer sozlamalari orqali (10-bo'lim)
  • Reklama atributsiyasi va remarketing — qonuniy manfaat; faqat reklama havolasi orqali kelganingizda yoziladi, boshqarish brauzer sozlamalari orqali (10-bo'lim)
  • Qonuniy talablarni bajarish (sud, soliq, tergov) — qonun talabi

5. Ma'lumotlaringiz kimga ko'rinadi

E'lon joylaganingizda ismingiz, hududingiz va e'londa o'zingiz ko'rsatgan aloqa ma'lumotlari boshqa foydalanuvchilarga ochiq bo'ladi.

  • Ism va profil rasmi, hudud, reyting va sharhlar tarixi — barcha foydalanuvchilarga
  • Telefon raqamingiz — faqat bron so'rovi yuborilgandan/tasdiqlangandan keyin ikkinchi tomonga ochiladi; busiz bitim amalga oshmaydi
  • Chat xabarlari — faqat suhbatdoshga
  • Chop etilgan (faol) e'lonlar IjaraOl Telegram kanalida qayta e'lon qilinishi va qidiruv tizimlari (Google, Yandex) tomonidan indekslanishi mumkin — ya'ni ular ochiq internetda ko'rinadi

6. Xizmat ko'rsatuvchi hamkorlar

Ma'lumotlarni qayta ishlashda quyidagi hamkorlar qatnashadi. Ular ma'lumotlarni faqat biz bilan tuzilgan shartnoma asosida va bizning ko'rsatmalarimiz bo'yicha qayta ishlaydi.

  • Contabo GmbH (hosting provayderi) — ilova serveri va ma'lumotlar bazasi (Fransiya, data-center: Lauterbourg)
  • Cloudinary — e'lon rasmlari, profil rasmlari va verifikatsiya hujjatlari (pasport/selfi) saqlash (EU/AQSh)
  • Eskiz — SMS OTP va xabarnomalar (O'zbekiston)
  • Expo (Expo Application Services) — mobil ilovaga push-bildirishnoma yetkazish; Expo serveriga qurilmaning push tokeni hamda bildirishnomaning sarlavhasi va matni uzatiladi (AQSh)
  • Apple (Sign in with Apple) — «Apple bilan kirish» orqali autentifikatsiya (global, AQSh)
  • PostHog — foydalanish analitikasi (AQSh)
  • Sentry — xato monitoringi (EU/AQSh)
  • Google (OAuth, Google Tag Manager, Google Analytics, Google Ads) — kirish, sayt analitikasi, reklama (global)
  • Meta (Facebook Pixel) — reklama atributsiyasi (global)
  • Yandex.Metrica — sayt analitikasi va sessiya yozuvi (Rossiya Federatsiyasi)
  • Telegram — bot va mini-ilova orqali muloqot (global)
  • Click va boshqa to'lov tizimlari — obuna to'lovlari (O'zbekiston)
  • Sezgir maydonlar (telefon, ism, manzil kiritiladigan inputlar) Yandex.Metrica sessiya yozuvida maskirovka qilinadi; PostHog'da sessiya yozuvi butunlay o'chirilgan va foydalanuvchi profiliga ism/telefon yuborilmaydi
  • Davlat organlariga — sud qarori, prokurorlik yoki tergov organining rasmiy so'rovi hamda soliq/moliyaviy monitoring talablari asosida
  • Operator boshqa kompaniya bilan qo'shilsa yoki aktivlarini sotsa, ma'lumotlar yangi egaga o'tkazilishi mumkin — bu haqda oldindan xabar beriladi
  • Ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga SOTMAYMIZ va reklama maqsadida ijaraga bermaymiz
  • RO'YXAT O'ZGARGANDA — yangi qayta ishlovchi qo'shilsa yoki mavjud hamkorga uzatiladigan ma'lumot toifasi kengaysa, o'zgarish kuchga kirishidan kamida 14 kalendar kun oldin xabar beriladi va Siyosatga yangi versiya ID beriladi; rozilikka asoslangan yangi vosita ishga tushirilishidan oldin esa yangi rozilik so'raladi. Hamkorni almashtirish yoki ro'yxatdan chiqarish oldindan xabar berishni talab qilmaydi. Amaldagi ro'yxatni privacy@ijaraol.uz orqali ham so'rashingiz mumkin

7. Saqlash muddatlari

  • Akkaunt ma'lumotlari — akkaunt faol bo'lguncha va o'chirilgandan keyin yana 12 oy
  • Rozilik yozuvi (sana, versiya ID) — akkaunt o'chirilgandan keyin 3 yil (dalil sifatida)
  • Obuna va to'lov hujjatlari — soliq qonunchiligiga muvofiq (odatda 5 yil)
  • Chat xabarlari — akkaunt o'chirilgunga qadar
  • Texnik loglar va analitika — 24 oygacha
  • Verifikatsiya hujjati (pasport yoki ID nusxasi) — verifikatsiya yakunlangach o'chiriladi; qonun talab qilsa belgilangan muddat saqlanadi
  • Backup nusxalar — 90 kungacha, so'ng avtomatik o'chiriladi
  • Muddat tugagach ma'lumotlar o'chiriladi yoki shaxsni aniqlab bo'lmaydigan holga keltiriladi (anonimlashtiriladi)

8. Sizning huquqlaringiz

  • Qaysi ma'lumotlaringiz qayta ishlanayotganini bilish va nusxasini olish
  • Noto'g'ri yoki to'liq bo'lmagan ma'lumotni tuzatish (ko'p qismini profil sahifasidan o'zingiz bajarishingiz mumkin)
  • Akkaunt va ma'lumotlarni o'chirishni talab qilish
  • Qayta ishlashni cheklashni so'rash
  • Roziligingizni qaytarib olish — bu kelgusidagi qayta ishlashga taalluqli
  • Ma'lumotlaringiz nusxasini mashina o'qiy oladigan shaklda olish (data portability)
  • Marketing xabarlaridan voz kechish — xizmat bilan bog'liq xabarlar davom etadi
  • Nazorat organiga (personaldata.uz) yoki sudga shikoyat qilish
  • Murojaat: privacy@ijaraol.uz — so'rovingizga 30 kalendar kun ichida javob beramiz. Shaxsingizni tasdiqlash uchun qo'shimcha ma'lumot so'rashimiz mumkin
  • AVTOMATLASHTIRILGAN QAYTA ISHLASH — quyidagilar sizning ishtirokingizsiz avtomatik bajariladi: qidiruv va katalog tartibi (e'lon sanasi, narx, yaqinlik, qidiruv so'roviga moslik, tanlagan filtrlaringiz, Eganing tarifi); reyting ko'rsatkichi (olingan baholarning o'rtachasi); tavsiya bloklari («o'xshash e'lonlar» — toifa, hudud, narx oralig'i bo'yicha); firibgarlik va zo'riqishga qarshi avtomatik cheklovlar (so'rovlar chastotasi, IP)
  • INSON ISHTIROKI KAFOLATI — sizga huquqiy oqibat keltiradigan yoki sizni sezilarli darajada cheklaydigan qarorlar (akkauntni bloklash, e'lonni o'chirish, verifikatsiyani rad etish) faqat avtomatik hisob-kitob asosida qabul qilinmaydi: yakuniy qarorni Operator xodimi ko'rib chiqadi va bunday qarorga Foydalanish shartlarining 16-bo'limi tartibida e'tiroz bildirishingiz mumkin
  • Platformada sizning xatti-harakatingiz asosida kredit qobiliyati, to'lov qobiliyati yoki «ishonchlilik ballari» hisoblanmaydi va bunday ballar uchinchi shaxslarga uzatilmaydi

9. Xavfsizlik

  • HTTPS/TLS shifrlash — barcha trafik shifrlangan
  • Parollar qaytarib bo'lmaydigan (hash) shaklda saqlanadi
  • JWT tokenlar HttpOnly cookie orqali, mobil ilovada esa SecureStore (iOS Keychain / Android Keystore)da saqlanadi
  • Kirish huquqlari minimal kerakli darajada beriladi
  • Rate limiting orqali brute-force hujumlaridan himoya, muntazam backup, xato va nosozlik monitoringi
  • Hech bir tizim 100% xavfsiz emas — internet orqali yuborilgan ma'lumotlarning mutlaq xavfsizligini kafolatlay olmaymiz. Shubhali harakat sezsangiz: privacy@ijaraol.uz
  • Ma'lumotlar buzilishi (data breach) holatida ta'sirlangan foydalanuvchilarga va vakolatli organga asossiz kechiktirmasdan, imkon qadar tez (maqsad — 72 soat ichida) xabar beramiz

10. Cookies va tracking texnologiyalari

Platformada uch turdagi cookie ishlatiladi. ZARUR (essential) — kirish sessiyasi, xavfsizlik, CSRF himoyasi, til tanlovi va cookie bo'yicha tanlovingizning o'zi; ular alohida rozilik talab qilmaydi, chunki ularsiz sayt ishlamaydi. ANALITIKA — Google Tag Manager, Google Analytics, Yandex.Metrica (Webvisor sessiya yozuvi bilan), PostHog; 12 oygacha. MARKETING — Meta Pixel, Google Ads, UTM belgisi (ij_utm, 30 kun) va Google Ads bosish identifikatori (ij_gclid, 90 kun); 90 kungacha.

HOZIRGI HOLAT — ochiq aytamiz: ushbu tahrir sanasida alohida cookie rozilik banneri hali joriy qilinmagan. Analitika toifasidagi vositalar (yuqorida sanab o'tilganlar) sayt ochilishi bilan ishga tushadi; marketing vositalari esa faqat reklama havolasi orqali kelganingizda (UTM belgisi yoki Google Ads bosish identifikatori mavjud bo'lganda) yoziladi. Platformadan foydalanishni davom ettirish shu qayta ishlashga rozilik hisoblanadi.

QANDAY BOSHQARASIZ — banner joriy qilingunga qadar kuzatuvni brauzeringiz orqali cheklashingiz mumkin: uchinchi tomon cookie'larini bloklash, «Do Not Track» yoki tracking himoyasi rejimi, saqlangan cookie'larni tozalash. Google Analytics uchun rasmiy blokirovka kengaytmasi (tools.google.com/dlpage/gaoptout) ham mavjud. Bundan tashqari privacy@ijaraol.uz manziliga yozib, sizga taalluqli analitika ma'lumotlarini o'chirishni so'rashingiz mumkin.

NIMA QILINMOQDA — Operator toifalar bo'yicha tanlov beruvchi rozilik bannerini («Barchasini qabul qilaman», «Faqat zarurlari», «Sozlash») joriy qilish ustida ishlamoqda. U ishga tushirilgach ushbu bo'lim yangilanadi, hujjatga yangi versiya ID beriladi va tanlovingiz brauzeringizda saqlanib, uni istalgan vaqtda qaytarib olish imkoni beriladi.

Zarur cookie'larni brauzer sozlamalari orqali o'chirish Platformaning to'g'ri ishlamasligiga olib keladi — kirganingiz saqlanmaydi va ayrim sahifalar ochilmaydi.

11. Xalqaro uzatish va ma'lumotlarni O'zbekiston hududida saqlash

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlari O'zbekiston hududida joylashgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi va saqlanishi talab etiladi.

HOZIRGI HOLAT — ochiq aytamiz: ushbu tahrir sanasida Platformaning ilova serveri va asosiy ma'lumotlar bazasi O'zbekistondan tashqarida — Fransiya Respublikasida (hosting provayderi Contabo GmbH, data-center Lauterbourg) joylashgan. Profil ma'lumotlari, telefon raqamlari, e'lonlar, bronlar, chat yozishmalari va ularning zaxira nusxalari hozircha o'sha serverda saqlanadi. Verifikatsiya hujjatlarining (pasport/selfi) tasvirlari esa Cloudinary xizmatida (EU/AQSh) saqlanadi.

NIMA QILINMOQDA: Operator asosiy ma'lumotlar bazasini, uning zaxira nusxalarini va profil/verifikatsiya rasmlarini O'zbekiston hududidagi infratuzilmaga ko'chirish ustida ishlamoqda. Ko'chirish yakunlangach ushbu bo'lim yangilanadi, hujjatga yangi versiya ID beriladi va baza joylashuvi provayder bilan tuzilgan shartnoma orqali hujjatlashtiriladi.

Bundan tashqari, ayrim xizmat ko'rsatuvchi hamkorlarimizning serverlari ham O'zbekistondan tashqarida joylashgan (6-bo'limga qarang) — bu hollarda ma'lumotlarning ayrim toifalari Yevropa Ittifoqi, AQSh yoki Rossiya Federatsiyasi yurisdiktsiyalariga uzatiladi.

Chegaradan tashqariga uzatishda Operator qabul qiluvchi tomon bilan shartnoma tuzish va texnik himoya choralarini (shifrlangan ulanish, kirish huquqlarini cheklash, sezgir maydonlarni maskirovka qilish) qo'llash orqali ma'lumotlarni himoya qilishga harakat qiladi. Ushbu bo'lim bo'yicha savollaringiz bo'lsa yoki ma'lumotlaringizni o'chirishni istasangiz: privacy@ijaraol.uz.

12. Voyaga yetmaganlar

Platforma 18 yoshga to'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan; 18 yoshga to'lmaganlardan ataylab shaxsga doir ma'lumot yig'maymiz.

Ota-ona yoki vasiy bo'lib, farzandingiz bizga ma'lumot bergan deb hisoblasangiz — privacy@ijaraol.uz manziliga yozing, tekshirib o'chiramiz.

13. Marketing xabarlari

  • Tranzaksion xabarlar (rozilik talab etilmaydi): bron holati, xavfsizlik ogohlantirishlari, hisob bilan bog'liq bildirishnomalar
  • Marketing xabarlari (alohida rozilik bilan): yangi xizmatlar, chegirmalar, yangiliklar
  • Marketing xabarlaridan istalgan paytda voz kechishingiz mumkin: e-pochtadagi «Obunani bekor qilish» havolasi, sozlamalardagi SMS/push tugmalari yoki privacy@ijaraol.uz orqali

14. Siyosatni o'zgartirish

Siyosat yangilanganda unga yangi versiya ID beriladi va sanasi o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida e-pochta yoki ilova orqali kamida 14 kun oldin xabar beriladi.

Yangi ma'lumot toifasi yig'ila boshlansa yoki maqsad o'zgarsa, zarur bo'lgan hollarda yangi rozilik so'raladi — bunday o'zgarishlar avtomatik ravishda eski rozilik doirasiga kirmaydi.

Qayta ishlovchilar (hamkorlar) ro'yxatining o'zgarishi haqida xabar berishning alohida tartibi 6-bo'limda ko'rsatilgan.

15. Bog'lanish va nazorat organi

Maxfiylik bo'yicha savollar, so'rov va shikoyatlar uchun:

  • Email: privacy@ijaraol.uz · Umumiy qo'llab-quvvatlash: support@ijaraol.uz
  • Telegram: @ijaraol_support
  • Nazorat organi: O'zbekiston Respublikasi Davlat shaxsiylashtirish markazi — personaldata.uz

Hujjat o'zbek tilida tuzilgan; tarjimada nomuvofiqlik bo'lsa o'zbek tilidagi matn ustuvor.